LinguoAtlas Loyihasi
LinguoAtlas — o‘zbek dialektologiyasi va kompyuter lingvistikasining zamonaviy metodologiyasi asosida yaratilgan raqamli platformadir.
Loyiha an'anaviy dialektologik tadqiqotlarni axborot texnologiyalari bilan integratsiya qilish orqali, o'zbek tili shevalarining areal manzarasini real vaqt rejimida shakllantirishga xizmat qiladi.
Loyiha qamrab olgan yechimlar:
Raqamli Kartografiya
GIS (Geografik axborot tizimlari) yordamida sheva birliklarining isoglossalarini avtomatik chizish va vizuallashtirish.
Interaktiv Korpus
Respondentlardan olingan ma'lumotlar asosida hududiy leksika va fonetik o'zgarishlarning qidiruv tizimini yaratish.
Areal Monitoring
Globallashuv natijasida shevalarning adabiy til ta'sirida o'zgarib borish jarayonini statistik tahlil qilish.
Masofaviy So'rovnoma
Respondentlarning GPS koordinatalari orqali sheva so'zlarini xaritaga nuqtali biriktirish tizimi.
Sheva-xalqning ma'naviy boyligi!
Ilmiy tadqiqot va amaliy natijalarning yangi davri